Mazoviya viloyati va Toshkent viloyati hamkorlikni mustahkamlamoqda
27.09.2025
Мазовецкое воеводство и Ташкентская область укрепляют сотрудничество
25–29 sentabr kunlari Mazoviya viloyati delegatsiyasi, viloyat marshalli Adam Struzik boshchiligida, O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Mazoviya viloyati va Toshkent viloyati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Hujjat iqtisodiyot va tadbirkorlik, madaniyat, ta’lim, turizm, transport, qishloq xo‘jaligi hamda sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Tashrif davomida delegatsiya Toshkent viloyatining iqtisodiy va sanoat salohiyati bilan tanishdi.
26 sentabr kuni Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Biznes forumi doirasida o‘tkazilgan imzolash marosimida Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi vaqtinchalik ish yurituvchisi, Marian Przeździecki ham ishtirok etdi.
Polsha Elchixonasi Mazoviya delegatsiyasining tashrifiga hamrohlik qilib, Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi mintaqaviy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashdi.
Imzolangan bitim mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
С 25 по 29 сентября делегация Мазовецкого воеводства во главе с маршалом Адамом Струзиком посетила Узбекистан.
Во время визита было подписано Соглашение о сотрудничестве между Мазовецким воеводством и Ташкентской областью, охватывающее такие сферы, как экономика и предпринимательство, культура, образование, туризм, транспорт, сельское хозяйство и здравоохранение.
В рамках поездки делегация посетила ряд предприятий и экономических зон региона, ознакомившись с его потенциалом.
В церемонии подписания, состоявшейся в рамках Бизнес-форума в Парке «Новый Узбекистан» в Ташкенте, принял участие также временный поверенный в делах Посольства Республики Польша в Ташкенте Мариан Пшедзецкий.
Посольство Республики Польша в Ташкенте сопровождало визит мазовецкой делегации, оказывая поддержку в развитии межрегионального и экономического сотрудничества между Польшей и Узбекистаном.