Viza masalalari bo'yicha murojaat etuvchilarni qabul qilish to'g'risida bildirishnoma
25.02.2025
Уведомление о приеме заявителей по визовым вопросам
Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston va Tojikistonda viza berish jarayonida tashqi kompaniyalar, ya’ni turagentliklar, ishga joylashtirish agentliklari, viza markazlari, viza xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar bilan hamkorlik qilmayotganini ma’lum qiladi. Polsha Respublikasining Toshkentdagi Konsullik bo’limida viza uchun ariza topshirish uchun e-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217 . Bunda menyudan quyidagi variantlardan birini tanlash kerak: milliy viza - arizani ro‘yxatdan o‘tkazish yoki Shengen viza - arizani ro‘yxatdan o‘tkazish. Konsullik bo‘limiga elektron Konsullik tizimida to‘ldirilgan va chop etilgan viza olish uchun arizalar (shuningdek, Polshada bo‘lish maqsadi va shartlarini tasdiqlovchi hujjatlar) bilan murojaat qilish muddatlari tizim tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan belgilanadi. Ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar avval taqdim etgan aloqa ma’lumotlariga belgilangan sana haqida tegishli malumot yuboriladi. Sanalar uchun qur’a tashlash haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Viza olish uchun ariza topshirish maqsadida uchinchi shaxslar xizmatidan foydalanmasdan, tizim belgilagan muddatda shaxsan Polsha Respublikasining Toshkentdagi Konsullik bo’limiga tashrif buyurish lozim bo’ladi.
O‘zlarini vositachilik viza xizmatlarini ko‘rsatuvchi sahxslar va kompaniyalar sifatida taqdim etuvchi uchinchi tomon tashkilotlari tomonidan pul talab qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari yuzaga kelayotgani sababli, biz qo‘shimcha mablag‘ o‘tkazish zarurati, viza hujjatlarini topshirish uchun Konsullik bo’limiga kirish, viza olish, qo‘shimcha to‘lovlar yoki chipta yoxud sug‘urta xarid qilish kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot olishda alohida ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya etamiz.
Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi veb-saytimizda ko‘rsatilgan viza olish uchun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda qayd etilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasligini ma’lum qiladi:
https://www.gov.pl/web/uzbekistan-ru/documents-required-to-obtain-a-visa
Shuningdek, Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi hech qanday sohada sayyohlik agentliklari yoki boshqa tashkilotlar yoxud shaxslar bilan viza xizmatlari bo‘yicha hamkorlik olib bormasligini ham ma’lum qiladi. Viza arizalarini e-konsulat tizimida mustaqil ravishda to‘ldirishingiz zarur. Konsullik bo’limida viza hujjatlarini topshirish sanasini belgilash ham uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishga bog‘liq emas.
Консульский отдел Посольства Республики Польши в Ташкенте сообщает, что в процессе выдачи виз не сотрудничает с внешними компаниями, т. е. турагентами, агентствами по трудоустройству, визовыми центрами, фирмами, оказывающими услуги аутсорсинга и т.д. Для подачи заявления на визу в Консульство Республики Польша в Ташкенте необходимо зарегистрироваться на сайте e-konsulat: https://secure2.ekonsulat.gov.pl/placowki/217 , выбрав в сервисном меню опцию: «Национальная виза-зарегистрировать бланк» или «Шенгенская виза-зарегистрировать бланк». День, в который необходимо явиться в Консульский отдел с зарегистрированной в системе и распечатанной визовой анкетой (а также c документами, подтверждающими цель и условия пребывания в Польше), назначается системой автоматически - путем жеребьевки. Заявители, после регистрации в системе, получают всю информацию о статусе своей визовой заявки на предоставленные ими контактные данные, а именно на электронную почту, указанную самими же заявителями при регистрации. Жеребьевка проводится два раза в неделю. Для подачи заявления на визу необходимо лично приехать в Консульство Республики Польша в Ташкенте, в назначенный системой день и время, без необходимости использования услуг третьих лиц.
В связи с возникающими попытками мошенничества, связанными с вымогательством денежных средств сторонними компаниями, которые рекламируют себя как компании, предоставляющие посреднические визовые услуги, мы рекомендуем проявлять особую осторожность при получении информации, касающейся, например, необходимости перевода дополнительных денежных средств с целью посещения Посольства для подачи визовых документов, получения визы, внесения дополнительной платы за покупку билетов и т.д.
Консульский отдел Посольства Республики Польша в Ташкенте сообщает, что не требует дополнительных документов, кроме тех, которые указаны на нашем сайте :
https://www.gov.pl/web/uzbekistan-ru/documents-required-to-obtain-a-visa
Консульский отдел Посольства Республики Польша в Ташкенте сообщает, о том, что ни в какой области не сотрудничает с туристическими фирмами, агентствами или лицами - посредниками в визовых услугах. Визовые заявления необходимо заполнять самостоятельно в системе e-konsulat. Назначение даты для подачи визовых документов в Консульство также не зависит от вспомогательных услуг третьих лиц.