Yevropa Farg'ona vodiysining suv resurslarini muhofaza qilishga ko'maklashmoqda
30.04.2025
Европа помогает защитить водные ресурсы Ферганской долины
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining diplomatlari O‘zbekistonning Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida sug‘orish tizimlarini zamonaviylashtirish va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilayotgan hududlarga tashrif buyurishdi. Yangilangan infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirganlar orasida Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishonchli vakili Marchin Vakar ham bor edi. Zamonaviylashtirish loyihalari tufayli O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi yerlariga ko‘proq suv yetib bormoqda, bu esa 3 mingdan ortiq mahalliy dehqonlar uchun bevosita manfaat keltirmoqda. 🇪🇺 Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordami bilan suvdan yanada samaraliroq foydalanish va resurslarni tejash hamda mahalliy jamoalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan yangi ekin turlarini joriy etish imkoniyati yaratildi.
Дипломаты из стран ЕС отправились с визитом в места, где реализуются проекты по модернизации ирригационных систем и управлению водными ресурсами в регионах Ферганы, Намангана и Андижана в Узбекистане. Среди посетителей мест модернизированной инфраструктуры был временный поверенный в делах Республики Польша в Республики Узбекистан Марчин Вакар. Благодаря проектам модернизации в сельхозугодья Узбекистана поступает больше воды, что приводит к повышению эффективности для 3 тысяч местных фермеров. Благодаря финансированию ЕС 🇪🇺 можно более эффективно использовать воду и внедрять новые сельхоз культуры, которые помогают экономить ресурсы и поддерживать локальные сообщества.