Powrót

Imzoning haqiqiyligini tasdiqlash


Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?

Imzoning haqiqiyligini tasdiqlash har qanday Polsha Respublikasining konsullik muassasasida amalga oshiriladi.

Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?

Ha. Imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun konsullik muassasasiga shaxsan kelish talab qilinadi.

Qabulga qanday yozilish kerak?

Qabulga quyidagi telefon orqali yozilish mumkin: +998 78 120 86 52

Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?

 

imzoni tasdiqlamoqchi bo‘lgan hujjat;

amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ichki yoki xorijiy pasport).

Eslatma!
Ba’zi huquqiy harakatlar haqiqiy bo‘lishi uchun Polsha qonunchiligi notarial shaklni talab qiladi, masalan:

ko‘chmas mulkni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma tuzishga vakolatnoma berish;

merosni bo‘lishish to‘g‘risidagi kelishuv;

boshqa notarial shakl talab etiladigan huquqiy harakatlar.

Bunday hujjatlar uchun konsul imzoni tasdiqlay olmaydi. Bunday hollarda notariusga murojaat qilish kerak.

To'lovlar haqida ma'lumot

Konsullik yig‘imi: 30 EUR.

Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari

Imzoning haqiqiyligini tasdiqlash konsullikdagi tashrif vaqtida, darhol amalga oshiriladi.

Hujjatlarni qanday olish mumkin?
  • Konsullik muassasasida shaxsan; Istakka ko‘ra hujjatlar pochta orqali ham yuborilishi mumkin (pochta xarajatlari to‘langan taqdirda).

Qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?

Agar konsul imzoni tasdiqlashdan bosh tortsa, bu haqda yozma ravishda qaror chiqaradi.

Siz ushbu qarorni 7 kun ichida Polsha Tashqi ishlar vaziriga shikoyat qilishingiz mumkin.
Shikoyat qarorni chiqargan konsul orqali yuboriladi.

 

Huquqiy asos

2015-yil 25-iyundagi Konsullik to‘g‘risidagi qonun (Prawo konsularne)

{"register":{"columns":[]}}