NAWA loyihadagi talabalar uchun viza to'g'risida ma'lumot
29.10.2025
Eslatib oʻtamiz, Polsha qonunchiligidagi Viza tizimidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi natijasida milliy talaba vizalarini berish tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi oʻzgarishlar munosabati bilan 2025 yil 1 iyuldan boshlab, o‘rta ma'lumot haqidagi attestat yoki boshqa ekvivalent hujjatga ega bo‘lmagan chet ellik shaxslar, o‘qishga qabul qilish huquqini beruvchi hujjatni quyidagi mamlakatlardan biri bo‘lgan ta'lim muassasasi tomonidan olgan taqdirda:
- Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlari,
- Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHT) a'zo davlatlari,
- Yevropa Erkin Savdo Bitimi a'zo davlatlari - Yevropa Iqtisodiy Hududi bitimiga qo‘shilgan davlatlar,
- Jenevada Xalqaro Bakalavr tashkiloti tomonidan berilgan IB (Xalqaro bakalavr) diplomi yoki,
- xorijda o‘rta ta'lim maktablari yoki ekvivalent ta'lim muassasalaridan olgan va ularning ishlash hududidagi davlat tomonidan tan olingan hamda tegishli xalqaro kelishuvlarga binoan tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar, 2025 yil 1 iyuldan boshlab, talaba vizasini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak:
- O'zida o'rta ma'lumot to'g'risidagi diplomni Polshada o'qish huquqini beruvchi hujjat sifatida tasdiqlovchi "ishonchli ma'lumot" deb nomlangan qo'shimcha hujjatni Milliy Akademik Almashish Agentligidan (Narodowa Agencja Wymiany Akademickiej - NAWA) olish;
- Yuqorida aytib o'tilgan yozma ma'lumot hujjati talabgor bo'lgan xorijiy talabalar tomonidan, 1-bosqichda (bakalavriyat) yoki magistratura dasturining 1-kursiga kirayotgan boshqa zarur hujjatlar bilan birga, student vizasiga ariza bilan taqdim etilishi kerak;
- Yuqorida ko'rsatilgan hujjatni taqdim eta olmaslik student vizasining rad etilishiga olib keladi. Ta'lim boshqarmasining (Kuratorium Oświaty) o'rta ma'lumot diplomini tan olish to'g'risida ma'muriy qaroriga ega bo'lgan chet elliklar yozma ma'lumot o'rniga uni taqdim etadilar.
Konsullar o'rta ma'lumot diplomlarini tan olish jarayonida ishtirok etmaydilar. Ular bu masalada yordam ko'rsatmaydilar va hujjatlarni topshirishda xorijiy shaxs va universitet yoki Milliy Akademik Almashish Agentligi o'rtasida vositachilik qilishmaydi.
Sizga qulay boʻlishi uchun biz Akademik almashinuv boʻyicha Milliy agentlikning elektron pochta manzilini ilova qildik, u bilan bogʻlanish mumkin: : dyplom@nawa.gov.pl, shuningdek, ularning rasmiy veb-saytiga havola. Tan olish uchun arizani qanday olish mumkin - NAWA https://nawa.gov.pl/uznawalnosc/wydawanie-informacji-o-zagranicznych-dyplomach