Powrót

Konsullik yig'imlari miqdori to'g'risidagi qarorni o'zgarishi haqida ma'lumot

01.01.2026

komunikat

Ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab konsullik yig‘imlarining yangi jadvali kuchga kirdi. Mazkur jadval 2025-yil 29-oktabrda qabul qilingan Tashqi ishlar vazirining konsullik yig‘imlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qarori bilan joriy etildi.

Yangi konsullik yig‘imlari jadvalida, jumladan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yig‘imlar oshirildi:

Viza masalalari:
Milliy vizani uchun arizani qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayoni:  200 yevro

Pasport masalalari: (Polsha Respublikasi fuqarolari uchun)
pasport berish - 140 yevro
vaqtinchalik pasport berish - 50 yevro

Fuqarolik holati dalolatnomalariga oid konsullik harakatlari:
fuqarolik holati dalolatnomalarini transkripsiya qilish, ma’lumotnomalar berish (yig‘imlar miqdori biroz oshirilgan)

Shuningdek, konsullik yig‘imlari jadvaliga quyidagi ikki qo‘shimcha pozitsiya kiritildi:

xizmat vaqtidan tashqarida vaqtinchalik pasport berish — 100 yevro

dam olish kunida vaqtinchalik pasport berish — 200 yevro

Konsullik yig‘imlarining to‘liq jadvali bilan 2025-yil 29-oktabrdagi Tashqi ishlar vazirining konsullik yig‘imlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qaroriga havola orqali tanishishingiz mumkin.

{"register":{"columns":[]}}