Powrót

Legalizatsiya

Legalizatsiya – bu hujjatning vakolatli organ tomonidan berilganligini tasdiqlash jarayonidir. Hujjatni legalizatsiya qilish orqali konsul chet el mansabdor shaxsining imzo va muhrining haqiqiyligini tasdiqlaydi. Shu orqali rasmiy chet el hujjati Polshada ishlatilishi mumkin bo‘ladi.

Legalizatsiya 1961 yil 5 oktyabrda imzolangan Gag Konventsiyasiga a’zo bo‘lmagan davlatlarga nisbatan qo‘llanadi. Bu konventsiya chet el rasmiy hujjatlarini legalizatsiya qilish talabini bekor qiladi (Polsha qonunchiligi to‘plami, 2005, modda 938).

Eslatma!

Konsul faqat original hujjatlar va rasmiy nusxalarni legalizatsiya qiladi.

Fotokopiyalar yoki axborot-kommunikatsiya tizimlaridan chop etilgan hujjatlar legalizatsiya qilinmaydi

Konsulga taqdim etishdan oldin hujjatlar mahalliy vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Ko‘p davlatlarda bunday tasdiqlash: tashqi ishlar vazirligi,adliya vazirligi, yoki boshqa markaziy davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Konsul superlegalizatsiya jarayonidan o‘tmagan hujjatlarni legalizatsiya qilmaydi.

Agar chet el organi polsha hujjatining legalizatsiyasini talab qilsa, Polsha Tashqi ishlar vazirligi saytida berilgan ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Huquqiy asos

1961 yil 5 oktyabr — Gaaga Konventsiyasi, chet el rasmiy hujjatlarini legalizatsiya qilish talabini bekor qiluvchi konventsiya

2015 yil 25 iyun — Konsullik huquqi to‘g‘risidagi qonun

1964 yil 17 noyabr — Fuqarolik protsessual kodeksi

{"register":{"columns":[]}}