Powrót

Mamlakatga jasad olib kelish haqida ma'lumot

Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?

Vafot etgan shaxsning jasadini Polshaga olib kirish uchun ma’lumotnoma Polsha Respublikasining hududiy jihatdan tegishli konsullik muassasasida beriladi.

Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?

Hujjatlarni: shaxsan ishonchnoma asosida vakil orqali, pochta orqali topshirish mumkin.

Qabulga qanday yozilish kerak?

Qabulga yozilish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling:
+998 78 120 86 52

Axborot liniyasi quyidagi vaqtlarda ishlaydi:
09:00–10:00
13:00–15:00

Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
Akordion

 

Viloyat rahbari (starosta) yoki shahar meri tomonidan berilgan ruxsatnoma – bu ruxsatnomani olish uchun marhumning oilasi yoki vakolatli dafn byurosi starostaga yoki shahar meriga murojaat qiladi; O‘lim to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi yoki o‘limni tasdiqlovchi boshqa hujjat.

To'lovlar haqida ma'lumot

Konsullik yig‘imi: 50 EUR.

Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari 

Konsul ariza topshirilgan kundan boshlab darhol, ammo 3 kundan kechiktirmay ma’lumotnomani beradi.

Hujjatlarni qanday olish mumkin?

Shaxsan olib ketish mumkin. Shuningdek, pochta xarajatlari qoplangan taqdirda, hujjatlarni pochta orqali yuborish ham mumkin.

Qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?

Agar konsul harakatni amalga oshirishdan bosh tortsa, rad etish haqida qaror chiqaradi.
Ushbu qarorni siz 7 kun ichida Polsha tashqi ishlar vaziriga shikoyat qilishingiz mumkin.
Shikoyat qarorni chiqargan konsul orqali topshiriladi.

Q&A

Agar oila marhumning jasadini Polshaga olib kelmaslikka qaror qilsa, konsul mahalliy hokimiyatlarga murojaat qilib, marhumni mahalliy qonunchilikka muvofiq dafn etishni so‘raydi (davlat qabristonlarida mahalliy hokimiyatlar mablag‘i hisobidan).

Eslab qoling: Konsul moliyaviy xarajatlarni qoplamaydi. Konsul marhumning oilasi nomidan dafn qilish joyi yoki usuli bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmaydi.

Huquqiy asos

2015-yil 25-iyundagi Konsullik to‘g‘risidagi qonun (Prawo konsularne)

{"register":{"columns":[]}}