Meros masalalari
2015-yil 25-iyundagi amaldagi Polsha Respublikasi qonuniga — Konsullik to‘g‘risidagi qonunga (2018-yilgi Polsha qonunchiligi to‘plami, poz. 2141, keyingi o‘zgartirishlar bilan) muvofiq, konsul meros yoki hadya natijasida Davlat g‘aznasiga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki tegishli bo‘lgan mulkiy huquqlarni ta’minlash va amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi.
Shu munosabat bilan hozirda konsullar faqat Polsha Davlat g‘aznasiga tegishli bo‘lgan meros masalalari bilan shug‘ullanadilar.
Konsulning Polsha fuqarolarining meros ishlari bo‘yicha vakolatni olishga, ularning manfaatlarini ifodalashga yoki meros ishlarini yuritish bilan bog‘liq biror harakatni amalga oshirishga huquqiy imkoniyati yo‘q.
Polsha Tashqi ishlar vazirligi ham bunday vakolatlarga ega emas.
Konsul qanday yordam bera oladi?
Konsul siz merosxo‘r sifatida sudga topshirishingiz kerak bo‘lgan: merosni qabul qilish, yoki merosdan voz kechish to‘g‘risidagi arizangizdagi imzoning haqiqiyligini tasdiqlab berishi mumkin.
Qayerga murojaat qilish tavsiya etiladi?
Meros bilan bog‘liq masalalarni to‘liq aniqlashtirish uchun quyidagilarga murojaat qilish tavsiya etiladi:
Polshada o‘zbek huquqi bo‘yicha ixtisoslashgan yurist yoki yuridik byuroga, yoki O‘zbekistondagi yuristga.