O'zbekistondagi Polyak may oyidagi milliy bayramlari
04.05.2026
Polsha Respublikasining Toshkentdagi Muvaqqat ishlar vakili Marian Przeździecki, Konsul Daniel Braciszewski O‘zbekistondagi polyak diasporasi vakillari bilan birgalikda Polshaning may bayramlari: Mehnat kuni, Polsha Respublikasi bayrog‘i kuni, 3-may Konstitutsiyasi kuni, shuningdek, Poloniya va xorijdagi polyaklar kunini nishonlashda ishtirok etishdi.
Tadbirlar Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekistonga surgun qilingan polyaklar yodgorligi oldida boshlandi. Ishtirokchilar bu yerda polyak xalqining tarixiy yo‘lida taqdiri O‘zbekiston bilan bog‘langan insonlar xotirasini yod etdilar. Vatandan yiroqda bo‘lgan yurtdoshlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, poyiga gullar qo‘yildi.
Uchrashuv davomida Polsha vatanparvarlik qo‘shiqlari va kuy-asarlaridan iborat madaniy dastur hamda Polsha tarixi va milliy ramzlariga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, qatnashchilar polyak diasporasini birlashtirishga qaratilgan tanlov va faol tadbirlarda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv hamjihatlik, tarixiy xotira hamda polyak an’analari va milliy o‘zligini saqlash ruhida o‘tdi.