Polsha Qishloq xo'jaligi vaziri Stefan Kraevskiyning Toshkentga tashrifi - Polsha va O'zbekiston qishloq xo'jaligi hamkorligida yangi bosqich
26.11.2025
Polsha Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va qishloqlarni rivojlantirish vaziri Stefan Kraevski O'zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan ucharshdi. Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi agrar aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuvda avvalo O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo aylanmasini sezilarli darajada oshirish zarurligiga alohida urg‘u berildi. Bugungi globallashuv sharoitida ikki tomonlama iqtisodiy yaqinlashuv nafaqat yangi bozorlarni ochadi, balki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti tarkibini boyitishga ham xizmat qiladi. Tomonlar oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda hamkorlikni kengaytirish bugungi kun talabiga aylanganini alohida qayd etishdi. Iqlim o‘zgarishi kuchayib borayotgan hozirgi davrda ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yangi navlar, zamonaviy agrotexnologiyalar va moslashuvchan yechimlar ishlab chiqish ustuvor vazifa ekani e’tirof etildi. Shuningdek, chorvachilik, sut va go‘sht mahsulotlari yetishtirish, veterinariya va karantin yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni kengaytirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.