Polsha fuqaroligiga ega ekanligini yoki uni yo'qotganligini tasdiqlash
Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?
Polsha Respublikasining fuqaroligini tasdiqlash yoki bekor qilish bo‘yicha arizani o‘z yashash hududingizga mos keladigan Polsha konsullik muassasasi orqali konsulga taqdim etishingiz mumkin.
Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?
Hujjatlarni shaxsan yoki pochta orqali topshirish mumkin.
Qabulga qanday yozilish kerak?
Qabulga yozilish uchun telefon orqali murojaat qiling: +998781208652.
Ma’lumot olish liniyasi: 09:00–10:00 va 13:00–15:00.
Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
-
Polsha fuqaroligi mavjudligini yoki bekor bo‘lganligini tasdiqlash bo‘yicha ariza.
-
Fuqarolikni aniqlash uchun zarur hujjatlar, jumladan:
-
tug‘ilish, nikoh va boshqa fuqarolik holati guvohnomalari;
-
ota-onangiz yoki bobongizning polshalik kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar (tug‘ilish guvohnomasi, nikoh guvohnomasi, cherkovda ro‘yxatga olingan guvohnoma, ota-onangiz yoki bobolaringizning polsha hujjatlarining nusxalari va boshqalar).
Agar familiya o‘zgartirilgan bo‘lsa – bu haqdagi hujjatlarning nusxasi (nikoh guvohnomasi, ism/familiya o‘zgartirilganligi guvohnomasi va boshqalar).
-
-
Shaxsni tasdiqlovchi amaldagi hujjatning asl nusxasi (belgilangan sahifalarini ko‘rsatish).
-
Agar siz Polsha Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsangiz – ota-onaning familiyasi ko‘rsatilgan tug‘ilish guvohnomasining asl nusxasini taqdim etishingiz shart.
-
Oila holatingizni tasdiqlovchi fuqarolik holati guvohnomasi (nikoh guvohnomasi, nikoh bekor qilinganligi guvohnomasi yoki turmush o‘rtog‘ining vafoti guvohnomasi).
Eslatma:
-
Ariza faqat polsha tilida to‘ldiriladi;
-
Polsha va xorijiy hujjatlar nusxalarining to‘g‘riligini konsul tasdiqlashi kerak;
-
Barcha hujjatlar xorijiy tilda bo‘lsa, ular tasdiqlangan tarjimon yoki konsul tomonidan tarjima qilinishi kerak;
-
Ba’zi hujjatlar (YEI mamlakatlarida) uchun 2016/1191-sonli qarorga asosan ko‘p tildagi standart blank qo‘shilishi mumkin;
-
ESI mamlakatlaridan bo‘lgan, lekin 2016/1191 qarorida kiritilmagan hujjatlarga apostil talab qilinadi;
-
YEI ga kirmaydigan mamlakatlarda tayyorlangan hujjatlar uchun ham apostil talab qilinadi (bu 1961 yil 5 oktyabr Gagada qabul qilingan Konvensiya asosida amalga oshiriladi);
-
Agar hujjat konvensiyaga imzo chekmagan davlatdan bo‘lsa, konsul hujjatni legalizatsiya qiladi.
To'lovlar haqida ma'lumot
to‘lov miqdori: 80 EUR.
Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari
Konsul arizangizni tegishli voyevodaga darhol yuboradi.
Hujjatlarni qanday olish mumkin?
Hujjatlarni shaxsan olishingiz mumkin. Konsul, shuningdek, ularni pochta orqali yuborishi mumkin – ariza topshirishda bu masalani muhokama qiling.
Qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?
Qarorga e’tirozni Ichki ishlar va ma’muriyat vazirligiga, arizangiz bo‘yicha qaror qabul qilgan voyevoda orqali, qaror topshirilgan kundan boshlab 14 kun ichida yuborishingiz mumkin.
Ko‘p beriladigan savollar
Qanday qilib Polsha fuqariligimni tasdiqlay olaman?
Polsha fuqariligining mavjudligini tasdiqlovchi hujjat – amaldagi xorijiy pasport yoki ichki pasport (dowód osobisty). Agar sizda fuqarilikni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa yoki shaxsiy ma’lumotlaringiz va fuqariligingizni aniqlash mumkin bo‘lmasa, Polsha fuqariligi mavjudligini yoki bekor bo‘lganligini tasdiqlash hujjatini olishingiz mumkin.
Huquqiy asos:
Ustawa z dnia 2 kwietnia 2009 roku o obywatelstwie polskim – 2009 yil 2 aprel, Polsha fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun
Ustawa z dnia 25 czerwca 2015 roku Prawo konsularne – 2015 yil 25 iyun, Konsullik huquqi to‘g‘risidagi qonun
Rozporządzenie Parlamentu Europejskiego i Rady (UE) 2016/1191 z dnia 6 lipca 2016 r. – 2016 yil 6 iyul, Yevropa Parlamenti va Kengashi qarori (UE) 2016/1191
Konwencja znosząca wymóg legalizacji zagranicznych dokumentów urzędowych, sporządzona w Hadze dnia 5 października 1961 r. – 1961 yil 5 oktyabr, xorijiy hujjatlarni legalizatsiya qilish talabini bekor qiluvchi Konvensiya
Materiały
Fuqarolikni tasdiqlash yo'ki yo'qotish haqida arizawzor_wniosku_o_potwierdzenie_posiadania_lub_utraty_obywatelstwa_polskiego.pdf 0.32MB