Polsha-O'zbekiston sanoat sohasidagi hamkorligi: APS Energia'ning O'zbekistondagi yangi investitsiyasi
17.06.2026
Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili janob Marian Pshezdzetskiy Polshaning APS Energia S.A. va O‘zbekistonning “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimida ishtirok etdi. Hujjatlar mintaqaning eng muhim iqtisodiy va sarmoyaviy tadbirlaridan biri bo‘lgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolandi.
Loyiha sanoat uchun zamonaviy elektr ta’minoti tizimlari va energetik yechimlarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zamonaviy ishlab chiqarish-ofis majmuasi qurilishini ko‘zda tutadi.
Qo'shma tashabbus “APS Energia”ning mintaqaviy faoliyat markaziga aylanib, uning O‘zbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Kavkaz bozorlaridagi biznesini rivojlantirishga ko‘maklashadi. Polsha texnologiyalari loyihaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bu mahalliy ishlab chiqarish hamda texnologik salohiyatni yuksaltirishga imkon beradi.
Loyiha hamkori bo‘lgan OKMK O‘zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanib, mamlakatning kon-metallurgiya sohasida muhim o‘rin tutadi.
Ushbu sarmoya Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiy hamkorlikning navbatdagi namunasi bo‘lib, Polsha kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi ishtiroki kengayib borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, loyiha ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.