Powrót

Polsha qishloq xo'jaligi vaziri Stefan Krayevskining qishloq xo'jaligi va savdo hamkorligini chuqurlashtirish maqsadida O'zbekistonga tashrifi

27.11.2025

Stefan Krajewski Toshkentdagi tashrifining 2 kuni

Toshkentga tashrifining ikkinchi kunida Polsha qishloq xo‘jaligi vaziri Stefan Krayevski delegatsiya va Polsha biznes vakillari bilan birgalikda "AgroExpo" ko‘rgazmasini ziyorat qildi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida bo‘ldi hamda "Korzinka.uz" asoschisi Zafar Hoshimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar quyidagi imkoniyatlarni yaratdi:

 Polsha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini namoyish etish,

 bevosita biznes aloqalarini o‘rnatish,

 Polsha kompaniyalari va O‘zbekistondagi hamkorlar o‘rtasidagi savdo hamkorligini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish.

Tashrif davomida Polshaning O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi va savdo hamkorligini rivojlantirishga bo‘lgan sodiqligiga, shuningdek, Polsha kompaniyalarini Markaziy Osiyo mintaqasida qo‘llab-quvvatlashiga alohida urg‘u berildi.

 

Zdjęcia (5)

{"register":{"columns":[]}}