Powrót

Polsha Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Kshishtof Gavkovskiyning O'zbekistonga tashrif buyurdi

23.04.2026

Premier Krzysztof Gawkowski na spotkaniu w radzie ministrów Uzbekistanu - foto: rządowa służba prasowa Uzbekistanu

O’zbekistondagi Polsha Respublikasi Elchixonasining ko‘magida 2026 yil 21–22 aprel kunlari Polsha Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va raqamlashtirish vaziri Krzysztof Gawkowski O‘zbekistonga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Muzokaralar Polsha va O‘zbekiston o‘rtasida raqamlashtirish, yangi texnologiyalar, kiberxavfsizlik va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tashrifning markaziy qismi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv bo‘ldi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollari, texnologik hamkorlikni rivojlantirish hamda ikki davlat institutlari o‘rtasida doimiy hamkorlik mexanizmini yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda IT Park Uzbekistan rahbariyati bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar raqamli xizmatlarni rivojlantirish, sun’iy intellekt va zamonaviy elektron davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish borasida tajriba almashdilar.

Tashrif dasturidan akademik doira vakillari va yangi texnologiyalar sohasi mutaxassislari bilan uchrashuvlar ham o‘rin oldi. Delegatsiya TEAM University universitetiga ham tashrif buyurdi. Mazkur universitet Akademia Leona Koźmińskiego bilan hamkorlik qiladi. Uchrashuv davomida Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim va biznes hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari general Władysław Anders armiyasi askarlari xotirasiga ham hurmat bajo keltirib, 1942 yilda SSSRdan evakuatsiya paytida O‘zbekistonda vafot etgan polyaklar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Zdjęcia (3)

{"register":{"columns":[]}}