Polsha Toshkentdagi 2026 yildagi Yevropa kuni tadbirlarida ishtirok etdi
02.05.2026
O'zbekistondagi Polsha Respublikasining Elchixonasi Toshkendagi Yevropa Kuni tadbirlarida ishtirok etdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O"zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari, madaniyat sohasi namoyandalari, hamkor tashkilotlar hamda Toshkent aholisi ishtirok etdi. Dasturdan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari taqdimotlari, madaniy va ta’lim tashabbuslari, shuningdek xalqaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘rin oldi.
Polshaning ishtiroki polyak madaniy merosi, an’analari va madaniyatini namoyish etish uchun imkoniyat bo‘ldi. Elchixona tomonidan tashkil etilgan stendda Polsha haqida viktorinalar o‘tkazildi va ular tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar, shuningdek, polyak milliy taomlarini tatib ko‘rish hamda polyak tilidagi qo‘shiq ijrosini o‘z ichiga olgan madaniy dasturda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Dzień Europy birdamlik, hamkorlik va o‘zaro hurmat qadriyatlarining ramzi bo‘lib qolmoqda hamda xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun muhim maydon hisoblanadi.
Barcha ishtirokchilarga tashrif va bayramni birgalikda nishonlaganlari uchun minnatdorlik bildiramiz.