Polsha va O'zbekiston o'rtasidagi agrobiznes sohasida hamkorlik
21.11.2025
21-noyabr kuni Polsha Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili Marian Przeździecki BMB HOLDING boshqaruvi raisi Bekzod Mamatqulov bilan uchrashdi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini, xususan, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning Polsha texnologiyalaridan foydalanishini, shuningdek, savdo aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Tomonlar Polsha-O‘zbekiston sherikligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorliklarini izhor etdilar.