Powrót

Polsha va O'zbekiston o'rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari Samarqand shahrida muhokama qilindi

15.04.2026

III Forum Rektorów Polska–Uzbekistan, fot. Anita Kot - Perspektywy

Polsha Respublikasi Elchixonasining ko‘magida 2026 yil 13–14 aprel kunlari Samarqand shahrida Polsha–O‘zbekiston III Rektorlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi akademik hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Polsha Respublikasi fan va oliy ta’lim vaziri Marchin Kulasek Polsha oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya bilan ishtirok etdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumat vakillari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Siradjev hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va akademik almashinuv sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.

Forumda ikki davlatning rektorlari, ekspertlari hamda akademik doira vakillari ishtirok etdi. Tadbir dasturidan ikki tomonlama uchrashuvlar, ekspertlar muhokamalari va Polsha hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘rin oldi.

Forum doirasida Polsha va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha navbatdagi bitimlar ham imzolandi.

Zdjęcia (6)

{"register":{"columns":[]}}