Polsha va O'zbekiston o'rtasidagi parlamentlararo hamkorligi
27.01.2026
Polsha va O'zbekiston parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Polsha Respublikasi Seymi Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Pavel Koval va Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ikki tomonlama ucharshuvda Polsha Invesititsiya va Savdo Agentligi (PAIH) Rahbari Andjey Dixa, PAIH Eksport qo'llab-quvvatlash boshqarmasining rahbari Machey Srebro hamda Polsha Respublikasi O'zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Marian Pshezdzetskiy ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida Polsha va O‘zbekiston o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni faollashtirish orqali investitsiya va eksport hajmlarini oshirish, savdo uylari va investitsiya kompaniyalari tashkil etish, transport-logistika va xududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar O‘zbekiston–Polsha parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlash, qonunchilik sohasida tajriba almashish, mahalliy Kengashlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.