Schengen viza ("C" turi)
Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?
Polsha Respublikasi konsullik muassasasida arizani belgilangan kunda soat 10:00 dan 13:00 gacha topshirish mumkin.
Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?
Viza olish uchun ariza shaxsan topshirilishi shart. Diplomatik vakolatxona faks, pochta yoki elektron pochta orqali yuborilgan arizalarni qabul qilmaydi.
Qabulga qanday yozilish kerak?
E-konsulat tizimi orqali uchrashuvni ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart
Agar bir nechta ariza topshirish zarurati bo‘lsa, har bir masala uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Bu qoida bir nechta shaxs uchun uchrashuv vaqtini belgilashga ham taalluqlidir.
Viza masalalari bo‘yicha murojaat etuvchilar faqat e-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan arizalar asosida qabul qilinadi:
https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217
Viza suhbatlari konsul tomonidan ariza topshirilgan kuni bevosita konsullikda o‘tkaziladi.
Eslatma: Viza arizasini rejalashtirilgan safardan kamida ikki hafta oldin topshirishingiz kerak.
Diqqat: Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida hujjatlarda keltirilgan to‘liq va haqiqiy ma’lumotlarni kiriting. Arizada kiritilgan ma’lumotlar sizning hujjatlaringizdagi ma’lumotlar bilan mos bo‘lishi, shu jumladan yozilish qoidalariga ham mos kelishi kerak.
Shengen vizasi uchun uchrashuv vaqtini bron qilish tartibi
https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217
sahifasiga kiring,
MENU bo‘limidan “Wiza Schengen – zarejestruj formularz” opsiyasini tanlang va ariza topshirish qoidalarini qabul qilganingizni tasdiqlang,
Barcha ma’lumotlar, tasdiqlar va havolalar avtomatik ravishda siz ko‘rsatgan elektron manzilga yuboriladi,
Belgilangan kunda konsullikka chop etilgan va imzolangan ariza, ishga ruxsatnoma asl nusxasi va kerakli barcha hujjatlar bilan kelishingiz kerak.
Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
1. E-konsulat tizimida to‘ldirilgan, chop etilgan va imzolangan viza ariza
2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat. Fotosurat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
-
tiniq, oq fonda, yuqori sifatli qog‘ozda chop etilgan bo‘lishi;
-
6 oydan eski bo‘lmasligi;
-
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (anfas) olingan bo‘lib, ko‘zlar aniq ko‘rinishi, yuz esa bosh tepasidan yelkagacha bo‘lgan qismda 70–80% ni egallashi;
-
bosh kiyimsiz olinishi.
Ko‘zning tabiiy rangini o‘zgartiradigan linzalar bilan tushgan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
3. Pasport
So‘nggi 10 yil ichida berilgan bo‘lishi, kutilayotgan qaytish sanasidan kamida 3 oy davomida amal qilishi va kamida 2 ta bo‘sh sahifaga ega bo‘lishi kerak. Agar boshqa amal qilayotgan pasport mavjud bo‘lsa, uni ham viza arizasiga ilova qilish kerak.
4. Shaxsiy ma’lumotlar va fotosurat joylashgan pasport sahifasining nusxasi.
5. Tibbiy Sug'urta
Shengen vizasini bir martalik yoki ikki martalik kirish uchun oluvchilar Shengen hududida bo‘lish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni qamrab oluvchi amal qilayotgan tibbiy sug‘urtani taqdim etishlari shart. Sug‘urta quyidagilarni qamrab olishi kerak:
-
tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha mamlakatdan chiqib ketish zarurati;
-
shoshilinch tibbiy yordam;
-
shoshilinch statsionar davolanish;
-
vafot holatlari.
Ko‘p martalik viza oluvchilar birinchi rejalashtirilgan safar davri uchun tibbiy sug‘urta taqdim etishlari kerak.
Sug‘urta Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlarining barchasi hududida amal qilishi va rejalashtirilgan butun safar davrini qamrab olishi shart. Sug‘urtaning minimal summasi — 30 000 yevro.
Toshkentdagi Polsha Respublikasi Elchixonasi 2020-yil 1-martdan boshlab sug‘urta polislarini faqat chop etilgan shaklda qabul qilinishini ma’lum qiladi.
Qo‘lda to‘ldirilgan sug‘urta polislar qabul qilinmaydi.
6. Konsullik okrugida yashashni tasdiqlovchi shaxsni identifikatsiya qiluvchi hujjat nusxasi.
7. Moliyaviy imkoniyatlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar:
-
bank hisobvarag‘ining hozirgi holati haqida so‘nggi ma’lumotnoma va oxirgi 3 oy uchun bank ko‘chirmasi;
-
yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi amal qilayotgan kredit karta;
-
oxirgi 3 oy uchun ish joyidan daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma;
-
ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan yo‘l chek(k)lari (original va nusxa).
8. Yashash joyini tasdiqlaydigan hujjatlar
Rasmiy taklifnoma va mehmonxona band qilinishi: mehmonxona uchun 100% oldindan to‘lov o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
9. Polsha hududida qolish maqsadi va shartlarini tasdiqlovchi hujjatlar
Turizm:
-
to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi (hisob-faktura yoki fiskal chek) bilan birga mehmonxona yoki dam olish uyini bron qilish.
Qarindoshlar yo'ki dostlar taklifiga bionaon tashrif:
-
voyevodalikda ro‘yxatdan o‘tgan taklifnomaning asli va nusxasi;
-
qarindoshlik/qarindoshlik aloqasini tasdiqlovchi hujjat (agar qarindoshga tashrif bo‘lsa).
Tadbirkorlik faoliyati:
-
kompaniya yoki tashkilotdan uchrashuv, konferensiya yoki ish bilan bog‘liq tadbirga rasmiy shaxsiy taklifnoma; unda safar bilan bog‘liq xarajatlarni kim qoplaydi — ko‘rsatishi kerak;
-
mehmonxona bandi yoki taklif qiluvchi shaxs tomonidan yashash xarajatlari qoplanishi haqida tasdiqlovchi hujjat.
Madaniy, sport, ta’lim, kasbiy yoki ilmiy tadbirlar:
-
tadbir tashkilotchisidan taklifnoma yoki ta’lim muassasasidan safar muddati va xarajatlarni qoplash haqida tasdiq;
-
mehmonxona uchun oldindan to‘lov yoki boshqa turar joyni tasdiqlovchi hujjat;
-
guruh tarkibidagi safarlar uchun O‘zbekiston Respublikasining tegishli idoralaridan har bir ishtirokchining safarini tasdiqlovchi xat.
Davolanish:
-
klinika yoki shifokordan rasmiy hujjat yoki taklifnoma — safar zarurligi, taxminiy davolanish muddati va qiymati, hamroh shaxs kerak yoki yo‘qligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak;
-
davolanish uchun to‘lov tasdig‘i yoki xarajatlarning qoplanishini tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Rasmiy delegatsiyalar:
-
Yevropa Ittifoqi a’zo davlati yoki xalqaro tashkilotdan rasmiy taklifnoma nusxasi;
-
tegishli vazirlik yoki idoradan ariza beruvchi rasmiy delegatsiya a’zosi ekanini tasdiqlovchi nota, unda safar xarajatlarini qaysi tomon qoplaydi — ko‘rsatilishi.
Voyaga yetmaganlar uchun qo‘shimcha talablar:
-
ota-ona(lar)ning notarial tasdiqlangan yozma roziligi; agar faqat bitta vasiy bo‘lsa — bu holatni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, sud qarori, ikkinchi ota-onaning o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma);
-
ota-onalarning pasportlari (asl nusxa va ko‘chirma);
-
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxa va ko‘chirma).
Agar bola ota-ona yoki vasiy pasportiga yozilgan bo‘lsa, vizaga alohida ariza topshirilishi kerak. Viza ota-ona/vasiy pasportiga qo‘yiladi.
Eslab qoling!
-
Viza arizasi doim yashash joyingiz kiradigan konsullik okrugidagi diplomatik vakolatxonaga topshiriladi.
-
Odatda yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar yetarli, biroq konsul qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin.
-
Viza arizasi rejalashtirilgan safardan 6 oydan oldin topshirilishi mumkin.
-
Konsul ariza beruvchini suhbatga chaqirishi mumkin, ammo bu majburiy emas.
-
Soxta hujjatlar yoki yolg‘on ma’lumot taqdim etish Shengen davlatlariga kirish taqiqiga olib kelishi mumkin.
-
Viza Shengen hududiga kirishni kafolatlamaydi — yakuniy qarorni chegarani kesib o‘tish joyidagi chegara xizmati qabul qiladi.
-
Viza axborot tizimi (VIS) davlatlar o‘rtasida ma’lumot almashish uchun qo‘llanadi. VIS to‘liq ishlashi munosabati bilan, Shengen vizasiga ariza topshirishda pasportga ariza berilganligini tasdiqlovchi shtamp qo‘yilmaydi — bu YeI va Kengashining 2009-yil 13-iyuldagi 810/2009-son Reglamentining 20-moddasida belgilangan.
To'lovlar haqida ma'lumot
Konsullik to‘lovi: 90 yevro.
Konsulning qaroridan qat’i nazar, viza so‘rab topshirilgan ariza uchun to‘langan to‘lov qaytarilmaydi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari
Konsul viza berish to‘g‘risidagi qarorni 15 kun ichida qabul qilishi shart. Alohida hollarda bu muddat 30 yoki 45 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatlarni qanday olish mumkin?
Viza qarorlari ariza topshirilganda olingan kvitansiyada ko‘rsatilgan kunda, soat 15:30 dan 16:30 gacha berib boriladi.
Viza bo'yicha qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?
Agar siz konsulning qarori bilan rozi bo‘lmasangiz, vizaga oid arizani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ariza topshirish huquqiga egasiz. Arizani vizani bergan muassasaning o‘ziga, qarorni olganingizdan boshlab 14 kun ichida topshirishingiz kerak.
Bunday ariza uchun to‘lov 80 yevroni tashkil etadi.
Arizani muassasaning ish kunlarida, vizaga oid arizalar qabul qilinadigan vaqtda — soat 10:00 dan 13:00 gacha topshirishingiz mumkin.
Shengen vizasini bekor qilish yoki haqiqiyligini tugatish
Agar siz Shengen vizasini bekor qilish yoki haqiqiyligini tugatish to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘lmasangiz, ishni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ariza berish huquqiga egasiz.
Ammo agar vizaning bekor qilinishini o‘zingiz so‘ragan bo‘lsangiz va konsul ushbu so‘rovni qanoatlantirgan bo‘lsa, bu qarorga nisbatan shikoyat qilish huquqiga ega emassiz.
Shengen vizasini bekor qilish yoki uning haqiqiyligini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olganingizdan so‘ng, ishni qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizani 14 kun ichida, qarorni chiqargan muassasaga topshirishingiz kerak.
Arizani muassasaning ish kunlarida, vizaga oid arizalar qabul qilinadigan vaqtda — soat 10:00 dan 13:00 gacha topshirishingiz mumkin.
Shengen vizasining bekor qilinishi yoki haqiqiyligini tugatish bilan bog‘liq holda arizani qayta ko‘rib chiqish uchun ariza topshirish bepul.
Shengen vizasini berishni rad etish, vizani bekor qilish yoki haqiqiyligini tugatish to‘g‘risidagi qarorlar hamda konsulning bu boradagi faoliyati ustidan shikoyat
Agar konsul sizning arizangizni qayta ko‘rib chiqqandan so‘ng ham vizani berishni rad etish, bekor qilish yoki haqiqiyligini tugatish to‘g‘risida yana qaror chiqarsa va siz bu qaror bilan rozi bo‘lmasangiz, sizda Varshavadagi Vojevodalik Ma’muriy sudiga shikoyat qilish huquqi mavjud.
Shikoyatni sizga qaror yuborilgan kundan boshlab 30 kun ichida, qarorni qabul qilgan konsul orqali sudga yuborishingiz kerak.
Shikoyatni konsulga topshirganingizda konsulga hech qanday to‘lov qilinmaydi.
Biroq ma’muriy sudlarda yuritiladigan ishlar to‘lovli hisoblanadi. Demak, sud sizdan sud yig‘imi to‘lashni talab qilishi mumkin.
Ma’muriy sudga shikoyat topshirish bilan bog‘liq to‘lovlar, sud xarajatlaridan ozod etish imkoniyati va sud jarayonida qo‘llaniladigan til haqida ma’lumot quyidagi sahifada mavjud:
http://bip.warszawa.wsa.gov.pl/133/wpis-sadowy-zasady-dokonywania-wpisu.html
Ko‘p beriladigan savollar