Powrót

Milliy viza ("D" turi)

Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?

Viza olish uchun ariza shaxsan topshirilishi shart. Diplomatik vakolatxona faks, pochta yoki elektron pochta orqali yuborilgan arizalarni qabul qilmaydi.

Qabulga qanday yozilish kerak?

E-konsulat tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiydir

Agar bir nechta ariza topshirish zarurati bo‘lsa, har bir masala uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Bu qoida bir necha shaxs uchun uchrashuv vaqtini belgilashga ham taalluqlidir.

Viza masalalari bo‘yicha murojaat etuvchilar faqat e-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan arizalar asosida qabul qilinadi:

https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217

Viza suhbatlari konsul tomonidan ariza topshirilgan kuni, bevosita konsullikda o‘tkaziladi.

Polshada ishlash uchun milliy viza arizasini topshirish uchun uchrashuv vaqtini bron qilish tartibi

Quyidagilarni bajaring:

https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217

 sahifasiga kiring,

MENU bo‘limidan “Wiza krajowa – zarejestruj formularz” opsiyasini tanlang, keyin siz ish vizasiga yoki boshqa turdagi vizaga murojaat qilayotganingizni va ariza topshirish qoidalariga rozilik bildirganingizni tasdiqlang;

Agar “Wiza krajowa – praca”ni tanlasangiz:

shaxsiy ma’lumotlaringiz va Polshada ishlashga ruxsat beruvchi hujjat ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan dastlabki vizadan oldingi arizani to‘ldiring;

ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lsa, sizga to‘liq viza arizasini to‘ldirish uchun havola yuborilgan elektron xat keladi;

sizda to‘liq arizani to‘ldirish uchun 48 soat vaqt bo‘ladi — uni to‘ldiring, saqlang va chop eting;

agar ma’lumotlar tasdiqlanmasa yoki 48 soat ichida to‘liq ariza to‘ldirilmasa, ro‘yxatdan o‘tish bekor qilinadi.

Agar “Wiza krajowa – inne”ni tanlasangiz:

kun va vaqtini tanlang, arizani to‘ldiring, saqlang va chop eting.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

agar ariza beruvchilar soni mavjud joylardan ko‘p bo‘lsa, uchrashuv vaqtlari elektron tasodifiy tanlash (losowanie) orqali belgilanadi,

barcha ma’lumotlar, tasdiqlar va havolalar avtomatik ravishda siz ko‘rsatgan elektron manzilga yuboriladi,

belgilangan kunda konsullikka chop etilgan va imzolangan ariza, ishga ruxsatnoma asl nusxasi va kerakli barcha hujjatlar bilan kelishingiz kerak.

E-konsulat tizimida  joylarini elektron tanlash (losowanie)

Viza masalalari bo‘yicha losovanie har shanba kuni amalga oshiriladi.

Konsullik xodimlarida tanlash jarayoniga aralashish imkoniyati mavjud emas.

Jerebyovka natijalaridan so‘ng sizga quyidagilardan biri yuboriladi:

arizangiz tanlangan bo‘lsa — muddati haqida ma’lumot olasiz,

tanlanmagan bo‘lsa — ariza bekor qilinadi va siz jarayonni qayta boshlashingiz kerak bo‘ladi.

Salbiy viza qarorlarini qayta ko‘rib chiqish va qo‘shimcha hujjatlar topshirish

Salbiy viza qarorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha arizalar va viza bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar:

dushanbadan jumagacha, soat 10:00–13:00

oralig‘ida qabul qilinadi,

e-konsulat tizimida kun belgilash talab qilinmaydi.

Boshqa konsullik hujjatlarini olish

Hujjatlarni topshirish dushanbadan jumagacha soat 15:30–16:30 oralig‘ida amalga oshiriladi va e-konsulat orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Viza qarorlarini, pasportlarni yoki boshqa hujjatlarni olish uchun aniq vaqt sizning konsullikka birinchi tashrifingiz chog‘ida xodim tomonidan belgilanadi.

Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?

1. E-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, chop etilgan va imzolangan viza ariza shakli;

2. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli surat. Surat quyidagilarga javob berishi kerak:

a. oq fonda, aniq va yuqori sifatli qog‘ozga bosilgan bo‘lishi;

b. 6 oydan eski bo‘lmasligi;

c. ro‘paramadan olingan bo‘lib, ko‘zlar va yuz aniq ko‘rinishi, bosh tepasidan yelkalar yuqorisigacha bo‘lgan qismi ko‘rinishi; yuz suratning 70–80% qismini egallashi. Suratga bosh kiyimi bilan tushishga ruxsat berilmaydi.

3. So‘nggi 10 yil ichida berilgan, rejalashtirilgan qaytish sanasidan kamida 3 oy davomida amal qiladigan, kamida 2 ta bo‘sh viza sahifasi mavjud bo‘lgan pasport.

4. Pasportdagi shaxsiy ma’lumotlar va surat joylashgan sahifaning nusxasi.

5. Milliy viza olishga ariza berayotgan shaxs quyidagilardan birini shaxsan taqdim etishi shart:

25-modda 1-band 2) a kichik bandida ko‘rsatilgan talablarni bajaruvchi sayohat tibbiy sug‘urtasi, yoki

27-avgust 2004-yildagi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan tibbiy xizmatlar to‘g‘risidagi qonun doirasidagi sog‘liqni saqlash sug‘urtasi.

Sayohat tibbiy sug‘urtasi:

kamida 30 000 yevro miqdorida bo‘lishi,

Polshada rejalashtirilgan butun turar muddat davomida amal qilishi,

tibbiy sabablar bilan qaytish zarurati, shoshilinch tibbiy yordam, shoshilinch kasalxonaga yotqizish yoki vafot kabi holatlarda barcha xarajatlarni qoplashi kerak.

Sug‘urtalovchi xizmat ko‘rsatgan tibbiy muassasaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovni amalga oshirish majburiyatini olishi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumot:

https://www.gov.pl/web/dyplomacja/wizy

Qo‘lda to‘ldirilgan sug‘urta polislarining qabul qilinmasligi haqida ogohlantirish:

 Raqamli tarzda rasmiy shaklda berilmagan, qo‘lda to‘ldirilgan sug‘urta polislar qabul qilinmaydi.

6. Siz vizaga murojaat qilayotgan konsullik okrugida qonuniy yashayotganingizni tasdiqlovchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

7. Moliyaviy mablag‘ga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlar:

a. bank tomonidan berilgan joriy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotnoma;

b. yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi yaroqli kredit karta;

c. oxirgi 3 oy uchun ish joyidan oylik daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

8. Yashash joyini tasdiqlovchi hujjat (masalan, rasmiy taklifnoma yoki mehmonxona bronining tasdig‘i).

9. Polshada qolish maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar.

Voyaga yetmaganlar uchun qo‘shimcha ravishda:

Ota-ona (yoki vasiy) tomonidan viza arizasi topshirishga notarial tasdiqlangan yozma rozilik.

Agar faqat bitta vasiy bo‘lsa, bu quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak: tug‘ilganlik haqida guvohnoma, sud qarori yoki ikkinchi ota-onaning o‘lim haqidagi guvohnomasi.

Ota-onaning pasportlari – asl nusxasi va nusxalari.

Tug‘ilganlik haqida guvohnoma – asl nusxasi va nusxasi.

Agar bola ota-ona yoki vasiy pasportiga yozilgan bo‘lsa – alohida viza arizasi topshirilishi kerak. Viza ota-ona yoki vasiy pasportiga yopishtiriladi.

Eslab qoling:

Viza arizasini sizning doimiy yashash manzilingiz joylashgan konsullik okrugi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan diplomatik vakolatxonaga topshirishingiz kerak.

Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar odatda yetarli bo‘ladi, ammo konsul qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin.

Konsul suhbatga chaqirish huquqiga ega, ammo majburiyati yo‘q.

D turi vizalar Shengen hududida har 180 kunlik davrda 90 kungacha qolishga ruxsat beradi.

D turi viza maksimal 1 yilgacha amal qilishi mumkin.

Viza Polshaga kirishni kafolatlamaydi — yakuniy qaror Chegara qo‘riqlash xizmati tomonidan qabul qilinadi.

To'lovlar haqida ma'lumot

Viza arizasini topshirish uchun konsullik to‘lovi 135 yevroni tashkil etadi va konsulning qaroridan qat’i nazar qaytarilmaydi.
To‘lov ariza topshirilgan kuni, konsullik muassasasining kassasida naqd pulda yevro valyutasida amalga oshirilishi kerak.

  1. Evropa Ittifoqi fuqarosining oila a’zolaridan viza arizasini qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun konsullik to‘lovi olinmaydi (2006-yil 14-iyul qonuni, 2-modda 4-band va 3-band).

  2. Polsha fuqarosining eri yoki xotini, uning voyaga yetmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzandi yoki eri/xotining voyaga yetmagan to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzandi, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onasi yoki eri/xotining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onasi uchun viza arizasini qabul qilish va ko‘rib chiqish hamda arizani qayta ko‘rib chiqish to‘lovi olinmaydi, agar bu shaxslar Polsha fuqarosi yoki uning eri/xotini bo‘lsa.

114-modda:
Diplomatik yoki xizmat vizasini qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun konsullik to‘lovi olinmaydi.

Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari

Milliy viza ariza topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida beriladi yoki rad etiladi, agar ariza qabul qilinmaydigan deb topilmagan bo‘lsa.

Asosli holatlarda, bu muddat 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.

Hujjatlarni qanday olish mumkin?

Viza bo'yicha qarorlari ariza topshirilgan paytda olgan kvitansiyada ko‘rsatilgan kunda, soat 15:30 dan 16:30 gacha beriladi.

Viza bo'yicha qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?

Agar siz konsulning qaroriga norozi bo‘lsangiz, viza arizasini qayta ko‘rib chiqishni so‘rash huquqingiz mavjud.

Arizani qaror qabul qilingan konsullik muassasasiga qaror olgan kundan boshlab 14 kun ichida topshirishingiz kerak.

Bunday ariza uchun to‘lov 135 yevroni tashkil etadi.

Arizani konsullik ish vaqti davomida, soat 10:00 dan 13:00 gacha topshirish mumkin.

Ko‘p beriladigan savollar

 

{"register":{"columns":[]}}