Powrót

Ta'lim sohasida Polsha-O'zbekiston hamkorligi: Leon Kozminskiy akademiyasi O'zbekistonda biznes yetakchilarini tayyorlamoqda

13.06.2026

Zakończenie roku Executive MBA

Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlar vakili janob Marian Pshezdzetskiy Toshkentdagi TEAM universiteti bilan hamkorlikda Leon Kozminskiy akademiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Executive MBA dasturining ilk bitiruvchilariga diplom topshirish tantanali marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar va kompaniya rahbarlariga mo‘ljallangan mazkur dastur biznes ta’limining xalqaro standartlariga muvofiq yetakchilik qobiliyatlari, boshqaruv salohiyati va strategik tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan. Bu gal 32 nafar bitiruvchi Executive MBA diplomini qo‘lga kiritdi.

Bitiruvchilarga diplomlarni Leon Kozminskiy akademiyasining Rivojlanish va tashqi muhit bilan aloqalar bo‘yicha prorektori, Kozminski Executive Business School dekani doktor Silviya Xalas-Dey hamda TEAM universiteti hammuassisi va bosh direktori Hikmat Abdurahmonov topshirdi.

Dastur  rivojlanishi davom etmoqda. Ayni paytda tinglovchilarning ikkinchi guruhi tahsil olmoqda, shuningdek, Executive MBA dasturining navbatdagi bosqichiga hujjatlar qabuli ochiq.

Leon Kozminskiy Akademiyasi va TEAM Universitetining qo‘shma tashabbusi Polsha hamda O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi jadal rivojlanayotgan hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lib, rahbarlar va tadbirkorlarning yangi avlodini tayyorlashga hissa qo‘shmoqda.

Polsha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bitiruvchilarni Executive MBA diplomini qo‘lga kiritganlari bilan tabriklab, ularga kelgusi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar va yangi ulkan loyihalarni amalga oshirishlarini tilaydi.

Zdjęcia (5)

{"register":{"columns":[]}}