Tarjima amaliyoti
Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?
Hujjat tayyorlangan til bo‘yicha tarjima xizmatini ko‘rsatuvchi Polsha Respublikasining tanlangan konsullik muassasasida amalga oshiriladi.
Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?
Hujjatlarni shaxsan yoki pochta orqali topshirish mumkin.
Qabulga qanday yozilish kerak?
Qabulga quyidagi telefon orqali yozilishingiz mumkin: +998 78 120 86 52
Ma’lumot liniyasi quyidagi vaqtlarda ishlaydi:
09:00–10:00
13:00–15:00
Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
Tarjima qilinish kerak bo'lgan hujjat
Konsul quyidagi yo‘nalishlarda tarjima amalga oshiradi:
polyak tilidan o‘zbek/rus tiliga,
To'lovlar haqida ma'lumot
Tarjima uchun to‘lov: har bir boshlangan sahifa uchun 90 EUR.
Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari
Konsul murojaatni ariza topshirilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.
Hujjatlarni qanday olish mumkin?
Shaxsan yo'ki Istakka ko‘ra, yetkazib berish xarajatlari to‘langan taqdirda, hujjatlar pochta orqali yuborilishi mumkin
Qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?
Agar konsul tarjimani amalga oshirishdan bosh tortsa, u rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ushbu qarorni siz 7 kun ichida Polsha tashqi ishlar vaziriga shikoyat qilishingiz mumkin.
Shikoyat qarorni chiqargan konsul orqali yuboriladi.
Huquqiy asos
2015-yil 25-iyundagi Konsullik to‘g‘risidagi qonun (Prawo konsularne)