Tarjimaning asl nusxaga mosligini tasdiqlash
Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?
Hujjat yozilgan til bo‘yicha tarjima xizmatini ko‘rsatuvchi Polsha Respublikasining tanlangan konsullik muassasasida amalga oshiriladi.
Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?
Hujjatlarni shaxsan yoki pochta orqali topshirish mumkin
Qabulga yozilish uchun quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:
+998 78 120 86 52
Ma’lumot liniyasi quyidagi vaqtlarda ishlaydi:
09:00–10:00
13:00–15:00
Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
Hujjatning asl nusxasi
Hujjatning tarjimasi
Eslab qoling:
Konsul o‘zbek tilidan polyak tiliga va polyak tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Konsul aniq va tushunarli bajarilgan tarjimani tasdiqlaydi.
Tarjima tasdiqlanishi uchun qasamyodli tarjimon tomonidan bajarilishi shart emas.
Shaxsan yo'ki Istakka ko‘ra, yetkazib berish xarajatlari to‘langan taqdirda, hujjatlar pochta orqali yuborilishi mumkin.
To'lovlar haqida ma'lumot
Har bir boshlangan tarjima sahifasining mosligini tasdiqlash uchun to‘lov: 30 EUR.
Rasmiylashtirish muddati qanday?
Konsul arizani topshirilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi.
Hujjatlarni qanday olish mumkin?
Hujjatlarni shaxsan olib ketish mumkin.
Yetkazib berish xarajatlari qoplangan taqdirda, hujjatlar pochta orqali yuborilishi ham mumkin.
Qarorni qanday shikoyat qilish mumkin?
Agar konsul mazkur harakatni bajarishni rad etsa, u rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ushbu qarorni siz 7 kun ichida Polsha tashqi ishlar vaziriga shikoyat qilishingiz mumkin.
Shikoyat qarorni chiqargan konsul orqali yuboriladi.
Huquqiy asos
2015-yil 25-iyundagi Konsullik to‘g‘risidagi qonun (Prawo konsularne)