Tranzit viza ("A" turi)
Uni qayerda rasmiylashtirish mumkin?
Arizani hudud bo‘yicha vakolatli Polsha Respublikasining konsullik muassasasiga topshirasiz.
Hujjatlarni shaxsan topshirish shartmi?
Vizaga ariza faqat shaxsan topshiriladi. Diplomatik vakolatxona faks, pochta yoki elektron pochta orqali yuborilgan arizalarni qabul qilmaydi.
Suhbatga yo'zilish jarayoni
Vizaga oid masalalarda fuqarolar faqat e-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tgan arizalar asosida qabul qilinadi (https://secure2.e-konsulat.gov.pl/).
Viza bo‘yicha suhbat konsul tomonidan viza arizasi topshirilgan kunda o‘tkaziladi.
Eslatma: Vizaga arizani rejalashtirilgan safardan kamida ikki hafta oldin topshirishingiz kerak.
Qanday hujjatlarni taqdim etish lozim?
A turidagi tranzit vizaga faqat quyidagi hollarda murojaat qilasiz:
-
Agar siz faqat aeroportning tranzit zonasida qolishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz va uni tark etmoqchi bo‘lmasangiz.
A turidagi viza Shengen hududiga kirish huquqini bermaydi. -
Agar siz quyidagi davlatlardan birining fuqarosi bo‘lsangiz:
Afg‘oniston, Bangladesh, Kongo Demokratik Respublikasi, Eritreya, Efiopiya, Gana, Eron, Iroq, Nigeriya, Pokiston, Somali, Shri-Lanka.
A turidagi vizadan ozod etilasiz, agar:
-
diplomatik pasportga ega bo‘lsangiz;
-
Yevropa Ittifoqi fuqarosining yaqin oila a’zosi bo‘lsangiz;
-
Shengen vizasi (C yoki D) yoki YI davlatida berilgan yashash hujjatiga ega bo‘lsangiz;
-
Andorra, Kanada, Yaponiya, San-Marino yoki AQSh tomonidan berilgan ma’lum turdagi yashash hujjatiga ega bo‘lsangiz;
-
Yevropa Iqtisodiy Hududi, Kanada, Yaponiya yoki AQSh vizasiga ega bo‘lsangiz yoki ushbu davlatlardan qaytayotgan bo‘lsangiz.
Talab qilinadigan hujjatlar:
-
e-konsulat tizimida to‘ldirilgan, chop etilgan va imzolangan viza ariza shakli;
-
3,5 × 4,5 sm rangli foto:
a) ravshan, oq fonda, sifatli qog‘ozga chiqarilgan,
b) 6 oydan eski bo‘lmagan,
c) yuz to‘g‘ri holatda, ko‘zlar va yuz aniq ko‘rinishi, yuz suratning 70–80% qismini egallashi kerak; bosh kiyimlarsiz; -
oxirgi 10 yil ichida berilgan, qaytish sanasidan kamida 3 oy amal qiladigan, kamida 2 bo‘sh sahifali pasport;
-
pasportning shaxsiy ma’lumotlar sahifasi nusxasi;
-
Shengen hududida amal qiladigan kamida 30 000 EUR miqdoridagi tibbiy sug‘urta;
-
konsullik okrugida istiqomat qilayotganingizni tasdiqlovchi shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
-
tranzit zonasini tark etgandan keyingi safarni tasdiqlovchi hujjat (aviabilet, yakuniy davlat vizasi);
-
Shengen hududiga noqonuniy kirish niyatingiz yo‘qligini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
Voyaga yetmaganlar uchun qo‘shimcha:
-
ota-ona(lar)ning notarial tasdiqlangan yozma roziligi;
-
ota-onaning pasportlari — asl nusxa va nusxasi;
-
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — asl nusxa va nusxasi.
Agar bola ota-onadan birining pasportiga yozilgan bo‘lsa — alohida ariza topshiriladi. Viza ota-onaning pasportiga yopishtiriladi.
Muhim eslatmalar:
-
Ariza faqat sizning doimiy yashash hududingizga tegishli konsullikda qabul qilinadi.
-
Yuqoridagi hujjatlar odatda yetarli, ammo konsul qo‘shimcha hujjat talab qilishi mumkin.
-
Konsul ariza beruvchini suhbatga chaqirishi mumkin, lekin bu majburiy emas.
-
A turidagi viza aeroport tranzit zonasidan chiqishga ruxsat bermaydi.
To'lovlar haqida ma'lumot
Viza arizasi uchun to‘lov konsulning qaroridan qat’i nazar qaytarilmaydi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari
Konsul viza bo‘yicha qarorni 15 kun ichida chiqaradi.
Istisno holatlarda bu muddat 30 yoki 45 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Hujjatlarni qanday olish mumkin?
Viza qarorlari ariza topshirganda berilgan kvitansiyada ko‘rsatilgan kunda,
15:30–16:30 oralig‘ida beriladi.
Viza bo'yicha qaror ustidan qanday shikoyat qilish mumkin?
Agar konsul qarori bilan rozi bo‘lmasangiz, sizda arizani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha murojaat qilish huquqi bor.
Shikoyat arizasi qaror chiqqan kundan boshlab 14 kun ichida, aynan shu konsullikka topshiriladi.
Huquqiy asoslar
13.07.2009 dagi Yevropa Parlamenti va Kengashi 810/2009 Reglamenti (Viza kodeksi)
12.12.2013 dagi “Chet elliklar to‘g‘risida”gi Polsha Qonuni
25.06.2015 dagi “Konsullik huquqi” Polsha Qonuni