Viza masalalari bo'yicha murojaat etuvchilarni qabul qilish to'g'risida bildirishnoma
Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi O‘zbekiston va Tojikiston Respublikasida viza berish jarayonida tashqi kompaniyalar, ya’ni turagentliklar, ishga joylashtirish agentliklari, viza markazlari, viza xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar bilan hamkorlik qilmayotganini ma’lum qiladi. Polsha Respublikasining Toshkentdagi Konsullik bo’limida viza uchun ariza topshirish uchun e-konsulat tizimida ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://secure2.e-konsulat.gov.pl/placowki/217 . Bunda menyudan quyidagi variantlardan birini tanlash kerak: milliy viza - arizani ro‘yxatdan o‘tkazish yoki Shengen viza - arizani ro‘yxatdan o‘tkazish. Konsullik bo‘limiga elektron Konsullik tizimida to‘ldirilgan va chop etilgan viza olish uchun arizalar (shuningdek, Polshada bo‘lish maqsadi va shartlarini tasdiqlovchi hujjatlar) bilan murojaat qilish muddatlari tizim tomonidan qur’a tashlash yo‘li bilan belgilanadi. Ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar avval taqdim etgan aloqa ma’lumotlariga belgilangan sana haqida tegishli malumot yuboriladi. Sanalar uchun qur’a tashlash haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Viza olish uchun ariza topshirish maqsadida uchinchi shaxslar xizmatidan foydalanmasdan, tizim belgilagan muddatda shaxsan Polsha Respublikasining Toshkentdagi Konsullik bo’limiga tashrif buyurish lozim bo’ladi.
O‘zlarini vositachilik viza xizmatlarini ko‘rsatuvchi sahxslar va kompaniyalar sifatida taqdim etuvchi uchinchi tomon tashkilotlari tomonidan pul talab qilish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari yuzaga kelayotgani sababli, biz qo‘shimcha mablag‘ o‘tkazish zarurati, viza hujjatlarini topshirish uchun Konsullik bo’limiga kirish, viza olish, qo‘shimcha to‘lovlar yoki chipta yoxud sug‘urta xarid qilish kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot olishda alohida ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya etamiz.
Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi veb-saytimizda ko‘rsatilgan viza olish uchun tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda qayd etilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasligini ma’lum qiladi:
https://www.gov.pl/web/uzbekistan-ru/documents-required-to-obtain-a-visa
Shuningdek, Polsha Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi hech qanday sohada sayyohlik agentliklari yoki boshqa tashkilotlar yoxud shaxslar bilan viza xizmatlari bo‘yicha hamkorlik olib bormasligini ham ma’lum qiladi. Viza arizalarini e-konsulat tizimida mustaqil ravishda to‘ldirishingiz zarur. Konsullik bo’limida viza hujjatlarini topshirish sanasini belgilash ham uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishga bog‘liq emas.